Orissa

Orissa (oriya xalqi nomidan) — Hindistonning sharqiy qismidagi shtat (1947-yildan). Maydoni 156 ming km². Aholisi 36,7 mln. kishi, aksari kis-mi oriyalar. Maʼmuriy markazi — Bxubaneshvar shahri. Shtatning katta qismi Dekan yassi-togʻligida (oʻrtacha balandligi 200–700 m). Janubida Sharqiy Gattogʻlari (balandligi 1000– 1500 m) bor. Sharqi Bengaliya qoʻltigʻi-gatutash. Sohili pasttekislik. Iklimi subekvatorial mussonli iklim. Yillik oʻrtacha temperatura 18—25°. Yillik yogʻin 1500 mm gacha. Togʻ yon bagʻirlari tropik oʻrmonlar, sohillari qisman mangra oʻrmonlari bilan qoplangan.

Orissa — sanoati rivojlanib borayotgan agrar shtat. Aholisining katta qismi qishloq xoʻjaligida band. Haydashga yarokli yerlarning 57% dan foydalaniladi, shundan 15% sugʻoriladi. Sholi, shuningdek, tariq, shakarqamish, jut, bir oz paxta va boshqa ekinlar ekiladi. Sohilga yaqin suvlardan baliqovlanadi. Energetika resurslaridan deyarli foydalanilmaydi. Marganets, temir va xrom rudalari qazib olinadi. Qora metallurgiya va mineral oʻgʻitlar, alyuminiy zavodlari, kabel va prokat ishlab chikaruvchi korxonalar, ferromarganets, sement zavodlari bor. Hunarmandchilikda badi-iy buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan.

Qadimda Orissa hududi oʻrnida Kalinga davlati boʻlgan. 16-asrgacha Orissa turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. 1576-yilda Orissani Boburiylar egallagan. 1803-yilda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olgan. 1817—18 yillarda Orissa hududida ingliz mustamlakachilariga kar-shi katta qoʻzgʻolonlar boʻlgan.[1]

Manbalartahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil