Korroziya

Korroziya (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jismlar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana qarang Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan K.ning oldini olish mumkin; 2) tibbiyotda — oʻyuvchi moddalar taʼsirida toʻqimalarning yemirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar taʼsirida togʻ jinslarining yemirilishi, kanallar, oʻralar, gʻorlar va boshqa hosil boʻlishi. Kimyoviy K.da suvning kimyoviy taʼsirida jinslar sirti eriydi va yeyiladi (oʻyiladi), mexanik K.da esa jinslarning sirti yediriladi.[1]

Manbalartahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil