Kommunikatsiya
Kommunikatsiya (lotincha: communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) —
- Kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiya aloqa deb ham ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanali boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi bor: “inson-inson”, “inson-mashina”, “mashina-inson”, “mashina-mashina”. Texnikaviy darajadagi jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (masalan, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiya guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashkilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli;
- Transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy kollektordan oʻtkaziladi, natijada kommunikatsiyani taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat qolmaydi;
- Hayvonlarda — bir-biri bilan “muloqot qilish”dagi “signalli” usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun “oʻziga xos” kommunikatsiya “signallari” boʻladi.[1]
Manbalartahrir
- ↑ "Kommunikatsiya" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Bosh SahifaMaxsus:SearchAmir TemurNavroʻzBahorAllohning 99 nomiJinsiy aloqaIslomAlisher NavoiyOʻzbekistonFalsafaXristianlikMuhammadTafakkurQurʼonJadidchilikBirlashgan Millatlar TashkilotiAbu Ali ibn SinoAvestoYurakMantiqBuyuk Ipak yoʻliZardushtiylikBoburBasketbolVoleybol69 (jinsiy poza)Oʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiUrush davridagi jinsiy zoʻravonlikBuddizmUygʻonish davriOrttirilgan immun tanqisligi sindromiAmerika Qoʻshma ShtatlariRavishAbu Rayhon BeruniyIkkinchi jahon urushiPedagogikaQunut duosiHayzAl-XorazmiyDavlat poytaxtlari roʻyxatiIslom KarimovKompyuterAxborot texnologiyalariBorliqTeatrMicrosoft ExcelQoraqalpogʻistonPsixologiyaJamiyat falsafasiMirzo UlugʻbekNutqMatnMicrosoft WordTahajjud namoziInternetSharq falsafasiUndosh tovushlarXufton namoziJamiyatXotiraEtikaTarbiyaBirinchi jahon urushiShaxsQadimgi YunonistonTasavvufOvqat hazm qilish tizimiErkak jinsiy aʼzosiQonKoʻkyoʻtalUslubEstetikaDinRossiyaJaloliddin ManguberdiBuyrakMazhabYerSuyakXiva xonligiAtmosferaSoliqGermaniyaInvestitsiyaGerontopsixologiyaCristiano RonaldoHujayraYahudiylikQadriyatOt (soʻz turkumi)MoliyaAbdulla AvloniyDunyoqarashIslom tarixiYevropaForobiyXitoyKredit