Katta sovet ensiklopediyasi

Katta sovet ensiklopediyasi (Большая Советская Энциклопедия, БСЭ) — SSSRda chiqarilgan universal ensiklopedik nashr, jahondagi yirik ensiklopediyalardan biri. Moskvadagi "Sovetskaya ensiklopediya" ("Sovet ensiklopediyasi") nashriyoti tomonidan rus tilida nashr etilgan. 1-nashri 1926—47 yillarda chiqqan; 65 asosiy jild va alohida SSSR jildidan iborat; 65 ming maqolani oʻz ichiga oladi, adadi 50— 80 ming; bosh muharriri — O. Yu. Shmidt (1941-yilgacha). 2-nashri 1950—58 yillarda chiqqan, 50 asosiy jild va 51-qoʻshimcha jilddan iborat; 100 mingga yaqin maqolasi bor, adadi 250—300 ming; 2 jildli alfavitli koʻrsatkichi chiqqan (1960); bosh muharriri — S. I. Vavilov (1951-yilgacha), B. A. Vvedenskiy (1951-yildan). 3-nashri 1969—78-yillarda chiqqan, 30 jilddan iborat; 100 mingdan ortiq maqolani qamragan, adadi 630 ming; 1 jildli koʻrsatkichi bor (1981); bosh muharriri — A. M. Proxorov (1969-yildan).

Katta sovet ensiklopediyasi AQSH va Gretsiyada tarjima kilinib, nashr etilgan. U sobiq Ittifoqda ensiklopediya ishining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatgan. Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi (1971—80)ni nashr etishda ham K.S.E. tajribasidan foydalanilgan. 1957—90 yillarda Katta sovet ensiklopediyasi ning Yejegodnigi (yillik toʻplami) chiqarildi (yana qarang Ensiklopediya). [1]

Manbalartahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil